date

Endrik "Real"ni tark etadi


Braziliyalik hujumchi Endrik Madridning "Real" klubini tark etishga qaror qildi. Uning asosiy maqsadi doimiy o'yin amaliyotini topishdir.

BBC xabariga ko‘ra, "Real" va Fransiyaning "Lion" klublari o‘rtasida futbolchini ijaraga berish bo‘yicha muzokaralar jadal davom etmoqda va kelishuvga erishish arafasida. Endrik 2025/2026-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Lion" safida o‘ynashni boshlaydi.

Braziliyalik futbolchi yangi jamoasiga 2026-yilning 1-yanvarida qoʻshiladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, joriy mavsumda Endrik "Real" safida faqat bir marta maydonga tushdi.

"Lion" hozirda Fransiya chempionati jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik "Real"ni tark etadi