date

Buffonning oʻgʻli Chexiya uchun xet-trik qayd etdi


Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffonning oʻgʻli Lui Tomas Buffon, onasi Chexiya fuqarosi Alyona Seredovadan tugʻilgan boʻlib, hujumchi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda va onasining vatani Chexiyani himoya qilishni tanlagan. Lui Tomas Chexiyaning yoshlar terma jamoasi aʼzosi sifatida oʻzini muvaffaqiyatli koʻrsatmoqda.

Kecha u Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi darvozasiga uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Ushbu oʻyinda Chexiya 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Klub darajasida esa Lui Tomas Italiya chempionatida oʻynaydi va yaqinda "Piza" jamoasi tarkibida A Seriyada debyut qildi. U oktyabr oyining boshida "Bolonya"ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan edi.

Hozirda "Piza" jamoasi A Seriya turnir jadvalida 16-oʻrinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buffonning oʻgʻli Chexiya uchun xet-trik qayd etdi