
Lionel Messi bir necha kun avval "Camp Nou" stadionini ziyorat qildi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. "Barselona" klubining prezidenti Joan Laporta sobiq futbolchining stadionga tashrifini izohladi.
"Men u kelishini bilmasdim, ammo "Camp Nou" – bu uning uyi. Menga bu haqida aytishganida, bu spontan bir qaror bo'lganini tushundim.
U tushlik qildi va do'stlari bilan stadionga tashrif buyurishga qaror qildi. Bu uning klubga bo'lgan hissiyotlarining namoyishi edi.
Stadion qayta qurilib, sigʻimi 105 ming kishiga yetganda, Messiga dunyodagi eng ajoyib hurmat ko‘rsatilishini xohlaymiz", – dedi Laporta Catalunya Radio efirida. Hozirda Lionel Messi "Inter Mayami" klubi safida toʻp surmoqda.
Argentinalik futbolchi 2021-yilning yozida "Barselona"ni tark etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.