
Rossiya Premer-ligasi sobiq himoyachisi Vitaliy D'yakov Lamin Yamalni Neymar bilan solishtirdi. Mutaxassis oʻz fikrlarini "Evro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida bildirdi.
"Biz koʻryapmizki, Yamal asta-sekin oʻzini nazoratdan chiqara boshladi, u gʻalati tadbirlar oʻtkazib, tobora Neymarga oʻxshab bormoqda. Ehtimol, "Oltin toʻp" nominatsiyasida ikkinchi oʻrinni olish bu jarayonni yanada tezlashtiradi.
Ammo Yamalning kelajakdagi rivojini kuzatish juda qiziqarli boʻladi", dedi D'yakov. 18 yoshli ispaniyalik "Barselona" safida joriy mavsumda 11 ta oʻyinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va shuncha golli uzatma berdi.
"Oltin toʻp" sovrini boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan Yamalga nisbatan birinchi oʻrin Parij Sen-Jermeni va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembelega nasib qildi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.