
Angliyalik futbolchi Markus Rashford, hozirda "Barselona" safida ijarada oʻynayotgan boʻlsa-da, 2026 yil yozida "Manchester Yunayted"ni rasmiy ravishda tark etadi. "Barselona" Rashfordni joriy mavsum oxirigacha 30 million yevro miqdorida toʻliq sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.
28 yoshli hujumchi yangi jamoasida oʻzini muvaffaqiyatli koʻrsatmoqda, biroq "Manchester Yunayted" klubida uning kelajagiga oid rejalar yoʻq, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Ayni paytda Rashfordning keyingi faoliyati qayerda davom etishi nomaʼlum, chunki "Barselona" hanuz sotib olish opsiyasini faollashtirish haqida yakuniy qarorga kelmagan.
Markus Rashford "Barselona" safida oʻtkazgan 16 uchrashuvda 6 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.