
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jerom Roten "Real" hujumchisi Kilian Mbappening 2026-yilgi Jahon chempionati saralash o'yinlari doirasida Ozarbayjonga qarshi safar uchrashuvida ishtirok etmasligini tanqid qildi. Rotenning ta'kidlashicha, Mbappe jamoaning asosiy yulduzi bo'lsa-da, u boshqalarga nisbatan alohida munosabatga ega.
"Jamoada boshqa futbolchilar ham bor. Ular ham charchamayaptimi?
Lekin ular bu o'yinga boryapti, Mbappe esa yo'q. Hozircha terma jamoa g'alaba qozonayotgan ekan, hech kim bunday qarorlardan shikoyat qilmaydi.
Ammo Mbappe bilan bog'liq holatlardagi qarorlar jamoa ichidagi muhitni buzishi mumkin", - dedi Roten Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida. Avvalroq Mbappe tovonidagi jarohat sababli terma jamoaning joylashuvini tark etgani xabar qilingandi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.