
Portu klubi markaziy yarim himoyachisi Viktor Froholdt boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning maʼlumotiga ko‘ra, 19 yoshli daniyalik futbolchiga Roma, Napoli, Atalanta, Brayton, Bornmut, Ayaks va RB Leyptsig klublari qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Froholdtning shartnomasini 85 million yevro evaziga sotib olish mumkin.
Joriy mavsumda Froholdt barcha musobaqalarda jami 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Yarim himoyachining Portu bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.