
Manchester Siti hujumchisi Erling Holand Italiyada faoliyatini davom ettirishi mumkinligini inkor etmadi. Futbolchi ushbu mamlakatda oʻtkazgan oʻyinlaridan yaxshi xotiralar qolganini va Italiyaning futbol muhitini yoqtirishini taʼkidladi.
Holand ayni paytda butun eʼtiborini Manchester Siti jamoasiga qaratganini aytib oʻtdi, biroq futbol olamida kelajakda qanday qarorlar qabul qilishga toʻgʻri kelishini oldindan aytib boʻlmasligini qoʻshimcha qildi. "Menga bu mamlakat yoqadi.
Kelajakda nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Hozirda men yaxshi joydaman, lekin hech qachon 'hech qachon' demang", - dedi Holand "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Holand 11 oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Uning Manchester Siti bilan shartnomasi 2034 yil yozigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.