Belarus murabbiyi: Jamoamiz munosib o'ynadi

Belarus murabbiyi: Jamoamiz munosib o'ynadi
Belarus milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Alos JCH saralash bosqichida Daniyaga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

"Mening fikrimcha, Daniya dunyoning eng kuchli beshta jamoasidan biri hisoblanadi. Biz boshdan kechirgan qiyinchiliklarni hisobga olsak, o‘yinchilarimni faqat tabriklashim mumkin.

Garchi guruhdan chiqa olmagan bo‘lsak-da, men uchun bu natija katta yutuqdir. Bugun jamoamiz munosib o‘yin ko‘rsatdi", – dedi murabbiy Sport TV2 nashriga.

Daniya guruhda 11 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Shotlandiya 10, Gretsiya 6, Belarus esa 1 ochkoga ega.

18-noyabr kuni guruhdagi so‘nggi turda Shotlandiya Daniyani qabul qiladi, Belarus esa Gretsiya bilan uchrashadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar