date

Amorim Rashfordni qaytarmoqchi emas

Amorim Rashfordni qaytarmoqchi emas
Barselona hujumchisi Markus Rashford agar Ruben Amorim "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi boʻlib qolsa, jamoaga qaytmaydi. Diario Sport maʼlumotlariga koʻra, portugaliyalik murabbiy Rashfordni hech qanday sharoitda tarkibga qaytarish niyatida emas.

28 yoshli futbolchi Kataloniya klubida ijarada boʻlib, oʻzini yorqin koʻrsatmoqda. Rashford mavsum davomida "koʻk-anorranglilar" safida 16 oʻyinda 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.

Agar Barselona futbolchini sotib olishdan bosh tortsa, ingliz futbolchisiga kelasi yoz yangi klub izlashga toʻgʻri keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amorim Rashfordni qaytarmoqchi emas