date

De Braynening oʻgʻli “Genk”da ilk qadamlarni qoʻymoqda


Kevin de Braynening kichik oʻgʻli Roum de Brayne yaqinda, oktyabr oyining soʻnggi kunida, oʻzining yetti yoshga toʻlgan kunini nishonladi. Endilikda u otasining yoʻlidan bormoqda, zero Kevin uni oʻzi futbolchilik faoliyatini boshlagan “Genk” klubining bolalar akademiyasiga olib kirdi.

Yaqinda “Napoli” futbolchisi oʻgʻlining oʻyinlaridan biriga tashrif buyurdi va u bilan ijtimoiy tarmoqlar uchun birga suratga tushdi. Eslatib oʻtamiz, Kevin de Brayne 2008 yildan 2012 yilgacha “Genk” safida toʻp surgan.

Keyinchalik, uning faoliyatida Germaniyaning “Verder” va “Volfsburg”, Angliyaning “Manchester Siti” kabi klublari boʻlgan. U oʻz faoliyatining oʻn yilini “Manchester Siti”da oʻtkazgan va 2025 yildan boshlab “Napoli” sharafini himoya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » De Braynening oʻgʻli “Genk”da ilk qadamlarni qoʻymoqda