
Markus Rashford "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga oʻtganidan soʻng oʻz oʻyinini yangi bosqichga olib chiqdi. 28 yoshli futbolchi yakshanba kuni Angliya terma jamoasining Albaniyaga qarshi oʻyinda 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 82-daqiqada Garri Keynga golli uzatma berib, oʻyinning yakuniy hisobini 2:0 qilib belgiladi.
Rashford joriy mavsumda "Barselona" va Angliya terma jamoasi uchun jami 15 samarali harakatni amalga oshirdi: 7 ta gol va 8 ta golli pas. Angliya terma jamoasi saralash bosqichida barcha 8 oʻyinda gʻalaba qozonib, umumiy 22:0 hisobida raqiblarini magʻlub etdi.
Markus Rashford mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga ijaraga olingan boʻlib, katalonlar uni 30 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.