
Barselonaning 20 yoshli vingeri Runi Bardgji klub afsonasi Lionel Messi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Argentinalik futbolchi 2021 yilda "koʻk-anorranglilar" safini tark etgan edi, lekin yaqinda u "Kamp Nou"da koʻrinish berdi, bu esa hatto klub vakillari uchun ham kutilmagan voqea boʻldi.
"Bu oʻzgacha vaziyat edi, men suratlarni koʻrdim. "Kamp Nou" Messining uyi.
Uning "Barselona"ga qaytishi haqida men ko'p narsa deya olmayman, lekin Leo – bu Leo. Albatta, u mening namuna oladigan insonim, va bir kun kelib uni uchratish katta sharaf boʻlar edi", – deydi yosh shved futbolchisi Barca Universal nashriga bergan intervyusida.
Runi Bardgji joriy yilning yozida "Kopengagen"dan "Barselona"ga koʻchib oʻtgan edi. Lionel Messi esa hozirda "Inter Mayami" klubida oʻynashda davom etmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.