
Rossiyalik futbolchi, "Monako" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin, qancha yoshgacha futbol o‘ynashni rejalashtirayotgani haqida savolga javob berdi. "O‘ylaymanki, barchasi hohishga bog‘liq.
Hohish bor ekan, o‘ynayman. Umid qilamanki, sog‘lig‘im uzoq vaqt futbol o‘ynashga imkon beradi", – dedi Golovin "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida.
Yarim himoyachi shuningdek, baʼzi futbolchilarning uzoq vaqt davomida faoliyatini yakunlamaganini misol qilib keltirdi. Masalan, Sergey Ignashevich va Luka Modrich.
Hozirda Golovin 29 yoshda. Uning "Monako" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028/29-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq yarim himoyachi o‘z professional faoliyatini Rossiya chempionatida yakunlamoqchi ekanligini bildirgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.