Arsenal himoyachisi derbiga qaytadi

Arsenal himoyachisi derbiga qaytadi
Londonning "Arsenal" jamoasi himoyachisi Rikardo Kalafyori "Tottenxem"ga qarshi kelayotgan derbi uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda. 23 yoshli futbolchi noyabr oyida Italiya terma jamoasi o‘yinlarini jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi.

Ammo jurnalist Fabritsio Romano maʼlumotlariga ko‘ra, Kalafyorining jarohati jiddiy emas va u xalqaro tanaffusdan keyin safga qaytadi. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchiga Premyer-liganing 12-turida, 23-noyabr yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda umid qilmoqda.

Kalafyori ushbu mavsumda "kanonirlar" safida jami 12 o‘yinda qatnashib, bir gol urgan va ikki golga assistentlik qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar