
"Real" va "Lion" oʻrtasidagi Endrikning ijarasi haqida muzokaralarda yangi tafsilotlar paydo boʻldi. The Athletic nashrining xabariga koʻra, kelishuvga maxsus band kiritilgan: agar hujumchi asosiy tarkibda yetarlicha oʻyin oʻtkazmasa, fransuz klubi madridliklarga qoʻshimcha mablagʻ toʻlash majburiyatini oladi.
Avvalroq maʼlum boʻlishicha, "Real" 19 yoshli braziliyalikni 2026-yilning yozigacha sotib olish imkoniyatisiz ijaraga berishga tayyor. Uning maoshining bir qismi Madrid klubida qoladi.
Shuningdek, "Real" hujum chizigʻida muammolar yuzaga kelsa, futbolchini muddatidan oldin qaytarib olish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Endrik joriy mavsumda faqat bir nechta daqiqalik oʻyin oʻtkazib, "Valensiya"ga qarshi (4:0) oʻyinning soʻngida maydonga tushgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.