Lamin Yamal: Kamp Nouda tarix yoziladi

Lamin Yamal: Kamp Nouda tarix yoziladi

Lamin Yamal: Kamp Nouda tarix yoziladi
Barselona vingeri Lamin Yamal jamoaning "Kamp Nou" stadioniga qaytishi haqida o'z fikrini bildirdi. "Ko'k-anorranglilar" yaqinlashib kelayotgan "Atletik" bilan o'yinni endi o'z uy stadionida o'tkazadi.

Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqlardan birida profil suratini yangiladi. Suratda u "Barselona" futbolkasining emblemasini qo'li bilan ushlab turgani aks etgan.

Uning ostida esa 18 yoshli futbolchining muhim bayonoti joylashgan edi: "Monjuik boshlanish edi. Kamp Nou esa tarix yoziladigan joy." Ayni paytda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallamoqda.

Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa "Real"dan uch ochko ortda qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar