
Fransiya terma jamoasida tez orada murabbiylik o‘zgarishlari kutilmoqda. Dide Desham jamoani 2026-yilgi Jahon chempionatiga olib boradi, ammo mundialdan so‘ng u o‘z lavozimini tark etishi allaqachon ma’lum.
57 yoshli mutaxassisning o‘rnini, katta ehtimol bilan, Zinedin Zidan egallashi mumkin. Ammo Madridning sobiq «Real» klubi bosh murabbiyi hozircha «uch ranglilar» bilan hech qanday kelishuvga erishgani yo‘q, deb xabar bermoqda insayder Fabrichcho Romano.
Ma’lum qilinishicha, hozircha ishsiz bo‘lgan Zidan Deshamga hurmat sifatida muddatdan avval shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. Hozirgi paytda Fransiya Futbol Federatsiyasi to‘liq e’tiborini 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlikka qaratgan.
Ushbu mundial AQSh, Kanada va Meksikada iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.