date

Zirkzee uchun 9 klub kurashmoqda


Niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzee "Manchester Yunayted" klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba maʼlumotlariga koʻra, "qizil iblislar" 24 yoshli Zirkzee uchun 30-35 million yevro talab qilmoqda. Futbolchi uchun "Roma", "Milan", "Napoli", "Sevilya", "Vest Xem", "Everton", "RB Leyptsig", "Monako" va "Sporting" klublari kurash olib bormoqda.

Aytishlaricha, Zirkzee 2026-yilgi Jahon chempionatidan oldin koʻproq oʻyin amaliyoti olishni istamoqda. Hozirgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda atigi beshta o‘yinda qatnashgan va samarali harakatlar qayd etmagan.

Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zirkzee uchun 9 klub kurashmoqda