date

Koʻl Palmerning qaytishi boʻyicha yaxshi xabar


Chelsi yarim himoyachisi Koʻl Palmer Kobbemdagi "koʻklar"ning mashgʻulot maydonida mashgʻulotlarni qayta boshladi. Bu haqda bir qancha ingliz ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Angliyalik futbolchi jarohatlangan qovurgʻasi bezovta qilmasa, jismoniy yuklamalarni asta-sekin oshirib borishni rejalashtirmoqda. U UEFA Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib oʻtadigan "Barselona"ga qarshi navbatdagi oʻyinga qaytishni maqsad qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Palmer sentyabr oyi oʻrtalaridan beri jarohat sabab oʻynay olmayapti. U oxirgi bor maydonga "Manchester Yunayted"ga qarshi APL uchrashuvida (1:2) chiqqan edi.

Shu paytdan buyon deyarli ikki oy davomida oʻyinlarda qatnashmayapti. Joriy mavsumda 23 yoshli angliyalik futbolchi atigi toʻrtta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Koʻl Palmerning qaytishi boʻyicha yaxshi xabar