date

Leonardo Messining soʻzlariga munosabat bildirdi


Lionel Messi "PSJ"da sport jihatdan baxtsiz boʻlganini bir necha bor aytib oʻtgan edi. Ushbu holatga Parij klubining sobiq sport direktori Leonardo oʻz munosabatini bildirdi.

"Messi "Barselona"da qolishni istagan edi. Ammo klub uni saqlay olmaganidan soʻng, "PSJ" birinchi tanlov boʻldi.

Shundan soʻng koʻplab tushunmovchiliklar yuzaga keldi. U uchun bu oson boʻlmadi.

Messi bir joyda 20 yil oʻynagan edi, keyin esa koʻchib ketishga majbur boʻldi. U baxtsiz boʻlganini aytishi – oʻzini himoya qilish usuli, xolos.

Bundan tashqari, Chempionlar Ligasi doirasida "Real"ga qarshi oʻyindagi magʻlubiyat ham vaziyatni murakkablashtirdi", – dedi Leonardo Goal nashriga RMC Sportga tayanib. Lionel Messi 2021-2023 yillar davomida "PSJ"da oʻynadi.

Ikki mavsumdan soʻng u MLSga yoʻl olib, "Inter Mayami" bilan shartnoma imzoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Leonardo Messining soʻzlariga munosabat bildirdi