date

Amorim: Taktika muammo emas


Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim yana bir bor o'yin taktikasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bungacha portugaliyalik mutaxassisni o'ziga yoqadigan 3-4-3 sxemasidan voz kechmasligi uchun tanqid qilishgan edi.

"Men bu fikrni bir necha oydan beri aytib kelaman: taktika muammo emas. Taktika bu faqat boshlanish.

Muhim jihatlar - bu dinamik, ishonch, bizning o'yin uslubimiz va raqobatbardoshlik darajamiz. Agar joriy mavsumdagi muammoli o'yinlarimizga qarasangiz, qiyinchiliklar taktika bilan bogʻliq emas edi.

Muammo intensivlik yetishmasligida edi. Premer-ligada ko'plab o'yinlarni yutish uchun mukammallik talab qilinadi", - dedi Amorim Stan Sportga bergan intervyusida.

Manchester Yunayted navbatdagi Premer-liga uchrashuvini 24-noyabr kuni o'z maydonida Evertonga qarshi o'tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amorim: Taktika muammo emas