date

Amorim: Har o'yinda g'alaba qilishga hali tayyor emasmiz


Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa o'sishda davom etmoqda, ammo "qizil iblislar"ning o'yini mukammallikdan yiroq.

"Biz avvalgidan yaxshiroq o'ynamoqdamiz, chunki o'zimizga bo'lgan ishonch ortmoqda. Ushbu ishonchni esa yaxshi natijalar, masalan, "Liverpul"ga qarshi uchrashuvdagi muvaffaqiyat ta'minlamoqda.

Biz rivojlanmoqdamiz, ammo his-tuyg'ularimni yashirmayman: "Tottenxem" bilan o'yin tugaganidan keyin bazaga qaytib, o'yinni qayta ko'rgach, hafsalam pir bo'ldi – biz hali mukammallikdan yiroqmiz. Hali har o'yinda g'alaba qozonadigan darajaga yetgan jamoa emasmiz.

Shunday ekan, hali ko'p ish qilishimiz zarur," – dedi Amorim Stan Sport nashriga. Manchester Yunayted hozirda Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.

24-noyabr, dushanba kuni Amorim jamoasi o'z maydonida Evertonni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amorim: Har o'yinda g'alaba qilishga hali tayyor emasmiz