
Erling Xolandning kelajagi borasida mish-mishlar davom etmoqda. Norvegiyalik superhujumchini avval "Real" yoki "Barselona" bilan bog‘lashgan bo‘lsa, endi unga "PSJ" qiziqish bildirmoqda.
Fransiya Liga 1 giganti Xoland uchun 200 million yevro taklif qilishga tayyor ekani aytilmoqda. PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike norvegiyalik hujumchi jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal variant ekanini ta’kidlamoqda.
Fichajes nashrining yozishicha, "Manchester Siti" Xolandni transfer qilishni rejalashtirmayapti. Ammo agar futbolchi o‘zi jamoadan ketishni istasa, ingliz klubi muzokaralarga tayyor bo‘lishi mumkin.
25 yoshli Xolandning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2034-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. U 2025/2026-yilgi mavsumda o‘tkazilgan 15 o‘yinda 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.