
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Pari Sen-Jermen" himoyachisi Ashraf Hakimini nufuzli sovrin bilan qutladi. Marokashlik futbolchi 2025 yil yakunlariga ko'ra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ushbu sovrin uchun kurashda Hakimi quyidagi raqiblarini ortda qoldirdi: • "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah; • "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimhen.
Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida do'stiga iliq so'zlar bilan murojaat qildi.
"Seni yaxshi ko'raman, aka. Afrikaning qiroli. Barakalla, do'stim. Bu mukofotni to'liq haqli ravishda qo'lga kiritding", – deb yozdi fransuz futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe va Ashraf Hakimi 2024 yilga qadar "PSJ" safida birga to'p surishgan, shundan so'ng Mbappe Madrid klubiga o'tgan edi. Ma'lumot uchun, Hakimi 2024/25 yilgi mavsumda Parij klubi tarkibida Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.