date

JCH-2026 kuchli jamoalari aniqlandi


2026-yilgi Jahon chempionati uchun 42 ta terma jamoa allaqachon yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Mart oyida UEFA pley-off oʻyinlari va qit'alararo bahslar orqali yana 6 ta jamoa tanlanadi.

Nufuzli Goal portali Jahon chempionatiga chiqqan 42 ta jamoani kuchiga qarab reytingga qoʻydi. Reytingning birinchi pogʻonasida Angliya terma jamoasi joy oldi.

Goal ekspertlari Tomas Tuxel boshchiligidagi ushbu jamoani JCH-2026ning asosiy favoriti sifatida koʻrmoqda. Ikkinchi oʻrinni amaldagi Jahon chempioni Argentina egalladi.

Kuchli uchlikni Yevropa chempioni Ispaniya yakunlab berdi. Bundan keyin kuchli oʻnlikda Fransiya, Portugaliya, Niderlandiya, Germaniya, Norvegiya, Marokash va Yaponiya jamoalari joylashgan.

Braziliya terma jamoasi esa faqat 12-oʻrinni band qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 kuchli jamoalari aniqlandi