Barselona himoyachisi Yamal haqida gapirdi

Barselona himoyachisi Yamal haqida gapirdi
Barselonaning chap qanot himoyachisi Jerar Martin jamoadoshi Lamin Yamal bilan mashg'ulotlardagi to'qnashuvlar haqida fikr bildirdi. 23 yoshli futbolchining ta'kidlashicha, u ko'p hollarda yulduz qanot hujumchisi bilan yuzma-yuz keladi, chunki Yamal hujumning o'ng qanotida o'ynaydi.

"Hamma Laminning nimalarga qodirligini biladi. Unga qarshi himoyalanish mashg'ulotlarda juda qiyin, lekin bu menga o'zimni yaxshilash va o'yinlarga sifatliroq tayyorlanish imkonini beradi.

Ha, Yamal to'p bilan ajoyib muomala qiladi. Biz ko'p hollarda bir-birimiz bilan hazillashamiz, bu esa jamoaviy ruhni mustahkamlaydi", - deydi Martin ispaniyalik jurnalistlarga.

Shanba kuni "koʻk-anorranglilar" La Ligada Bilbao Atletikiga qarshi toʻqnash kelishadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar