date

Vlahovich va "Yuventus" kelishuvga erishmadi


Hujumchi Dushan Vlahovich hali ham "Yuventus" bilan yangi shartnoma boʻyicha kelishuvga erisha olgani yoʻq. 25 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi kelasi yilning oʻrtalarida yakuniga yetadi.

Insayderlar Matteo Moretto va Fabrichio Romano maʼlumotlariga koʻra, vaziyat qiyinligicha qolmoqda: tomonlar yangi shartnoma shartlari boʻyicha kelishuvdan yiroq. Turin klubi hujumchining moliyaviy talablarini qondira olmayapti.

Vaziyat oʻzgarmasdan qolgan sari, futbolchining erkin agent sifatida klubni tark etish ehtimoli oshib bormoqda. Chunki Dushan Vlahovich 2026 yil boshidan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin.

Joriy mavsumda Vlahovich 15 oʻyinda 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vlahovich va "Yuventus" kelishuvga erishmadi