date

Alba: Messi kabi surat uchun Kamp Nouga bormayman


“Inter Mayami” jamoasining chap qanot himoyachisi Jordi Alba “Barselona” ruxsatisiz “Kamp Nou”ga tashrif buyurish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Yaqinda Lionel Messi kutilmaganda “ko‘k-anorranglilar” stadionida paydo bo‘lib, hatto klub xodimlarini, jumladan, prezident Joan Laportani ham hayratda qoldirdi.

Albaning so‘zlariga ko‘ra, u bunday harakat qilmaydi. “Men “Kamp Nou”ga surat olish uchun kirib bormoqchi emasman”, – deydi Alba kulimsirab, Barca Universal nashriga bergan intervyusida.

“Hammamiz stadionga kirish huquqiga egamiz, ayniqsa, “Barselona”da ko‘plab yillarni o‘tkazganlar. Ammo Messi u yerda suratga tushmoqchi ekanini bilmagan edim”, – dedi 36 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Jordi Alba 2012 yildan 2023 yilgacha “Barselona” safida to‘p surgan. Joriy yil oxirida u professional futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alba: Messi kabi surat uchun Kamp Nouga bormayman