
"Inter Mayami" klubining chap qanot himoyachisi Jordi Alba "Barselona" hujumchisi Lamin Yamal haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Ispaniyalik jurnalistlar tajribali himoyachidan 18 yoshli kataloniyaliklar yulduzining klub afsonasi Lionel Messi bilan solishtirilishiga munosabatini so'rashdi.
Alba yosh futbolchining iqtidorini yuqori baholadi, ammo bunday taqqoslash o'rinsiz ekanini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra:
Yamal – haqiqatan ham ajoyib futbolchi, Ammo "Barselona"da Frenki de Yong va Pedri kabi boshqa kuchli o'yinchilar ham bor, Laminni Messi bilan qiyoslashning imkoni yo'q.
"Menimcha, Leoning raqobatchisi yo'q", – deya Albaning so'zlarini keltiradi "Barca Universal" nashri.
Ma'lumot uchun, Jordi Alba 2012 yildan 2023 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan. Hozirda u "Inter Mayami" safida Lionel Messi bilan birga to'p surmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.