Ter Shtegen "Barselona"ni tark etishi mumkin

Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona"dagi kelajagi hali ham mavhumligicha qolmoqda. Germaniyalik darvozabon yozda olgan jarohatidan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va klubni almashtirish haqida o'ylamoqda.
Shunga qaramay, Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" hozircha darvozabon bo'yicha hech qanday taklif olmagan. Taxminlarga ko'ra, 33 yoshli darvozabon safga qaytgach, aniq muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Mark-Andre ter Shtegenning agentlari mijozlari uchun yangi jamoa qidirishni davom ettirishmoqda. Futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan va buning uchun muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayapti.
"Barselona"da esa unga bunday imkoniyat taqdim etilishi gumon qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing