Manchester Siti Bernardo Silvani yoʻqotishi mumkin

Manchester Siti Bernardo Silvani yoʻqotishi mumkin
Portugaliyalik yulduz yarim himoyachi Bernardo Silva yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.

Amaldagi shartnoma muddati kelgusi yilning yozida yakuniga yetadi. Klub va futbolchi hali yangi bitimga kelishgani yoʻq.

Shu sababli Bernardo "shaharliklar"ni erkin agent sifatida tark etishi ehtimoli bor. 2025/2026-yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida 31 yoshli yarim himoyachi 11 oʻyinda maydonga tushib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Bernardo 2017-yilning yozidan beri Angliya grand-klubi tarkibida toʻp surib kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar