date

Barselonaning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Barselonaning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
38 yoshli "Inter Mayami"ning hujumchisi Lionel Messi ispan jurnalistlari tomonidan mukofotga sazovor bo'ldi. Sport.es nashri argentinalik hujumchini Kataloniyaning "Barselona" klubi uchun XXI asrdagi eng yaxshi futbolchi deb e'lon qildi.

Nashr vakili Mayamiga tashrif buyurib, futbolchiga mukofotni topshirdi. Messi "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, u 2005 yildan 2021 yilgacha "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasida o'ynagan.

So'ngra ikki mavsum Fransiyaning PSJ klubida to'p surib, 2023 yil yozidan boshlab AQShning "Inter Mayami" jamoasida faoliyatini davom ettirmoqda. Lionelning Florida klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi.

Uning transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselonaning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi