date

Dominik Solanke jarohatidan keyingi qiyinchiliklarini aytdi


“Tottenxem” jamoasining markaziy hujumchisi Dominik Solanke o‘zining jarohatdan tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi. Angliyalik futbolchi mavsum boshida to‘pig‘idan jarohat olgan edi.

Shu sababli u avgust oyidan buyon maydonga tusha olmadi. "Bu juda og‘ir bo‘ldi.

Biz jarohatning naqadar jiddiyligini tushunmadik. Men imkon qadar tezroq maydonga qaytishga harakat qildim, ammo bu imkonsiz edi.

Shunday qilib, operatsiya o‘tkazishga majbur bo‘ldim. O‘shandan beri maydonga qaytish uchun ishlamoqdaman", - dedi Solanke The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Solanke "shporlar" safida bor-yo‘g‘i uchta o‘yinda ishtirok etgan, biroq samaradorlik ko‘rsata olmagan. Futbolchining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dominik Solanke jarohatidan keyingi qiyinchiliklarini aytdi