
Himoyachi Antonio Rüdigerning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan. Matbuotda uning boshqa klubga o‘tishi haqidagi mish-mishlar tez-tez paydo bo‘layotgan bo‘lsa-da, holat unchalik oddiy emas.
Germaniyaning Sky telekanali jurnalisti Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda “Real” va Rüdiger shartnomani uzaytirishga ochiq ekanligini yozdi. Rüdiger jarohat olguniga qadar muzokaralar olib borilgan, ammo keyinchalik ular to‘xtatilgan.
Rejaga ko‘ra, avval futbolchi sog‘lig‘ini tiklashi, so‘ngra yangi muzokaralar boshlanishi kerak. Antonio Rüdiger “Real”ni tark etgan taqdirda Angliya va Saudiya Arabistonidan takliflar bor.
Bahorda futbolchining yoshi 33 ga to‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.