date

Abbyatti: Menyan oyoqda yaxshi o'ynaydi


Sobiq "Milan" darvozaboni Kristian Abbyatti fransuz posboni Mayk Menyan haqida fikr bildirdi. Menyan 2021-yildan buyon "rossonerilar" darvozasini himoya qilib kelmoqda.

Abbyatti Menyanning ijobiy jihatlarini, xususan, uning oyoq bilan yaxshi o'ynashini yuqori baholadi. "Biz bir-birimizdan farqlanamiz.

U oyoqda yaxshi harakat qiladi va yuqori o'ynashni yaxshi ko'radi. Men esa oyoqda bu darajada yaxshi o'ynamasdim, ehtimol, bu biz futbolning turli davrlarini ifodalaganimiz bilan bog'liqdir," – dedi Abbyatti pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Kristian Abbyatti "Milan" klubida 1998-yildan 2016-yilgacha asosan zaxira darvozaboni sifatida faoliyat olib borgan. Hozirda "Milan" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abbyatti: Menyan oyoqda yaxshi o'ynaydi