
Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning yaqinlashib kelayotgan o‘yinlariga oid kutganlarini bo‘lishdi. Shanba kuni kataloniyaliklar "Kamp Nou"da "Atletik Bilbao"ga qarshi maydonga tushishadi, seshanba esa Londonda Chempionlar Ligasi doirasida "Chelsi" bilan muhim safar o‘yini o‘tkazishadi.
"Biz "Selta"ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida juda yaxshi o‘ynadik. Agar shu ruhda davom etsak, har bir narsa joyida bo‘ladi.
Oldinda to‘rt hafta ichida to‘qqizta uchrashuv bor – biz ularning har birida g‘alaba qozonish uchun kurashamiz", – deydi Flik Barca Universal nashriga bergan intervyusida. Milliy jamoalar o‘yinlariga berilgan tanaffusdan oldin "Barselona" Robert Levandovskiy xet-triki evaziga "Selta"ni 4:2 hisobida mag‘lub etgandi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.