
Barselona klubi vingeri Lamin Yamal oʻtgan mavsum La Ligadagi eng yaxshi futbolchi sifatida mukofot bilan taqdirlandi. 18 yoshli futbolchiga "Marca" nashri tomonidan Alfred Di Stefano nomidagi sovrin topshirildi.
Mukofotni qabul qilganidan soʻng, Yamal oʻz fikrlarini bildirdi. "Barcha individual mukofotlar jamoaning yaxshi mavsum oʻtkazganidan darak beradi.
Bu men uchun katta quvonch va faxr. Ayniqsa, yoshimni hisobga olsak, bu juda yoqimli.
Kelgusida ham yutuqlarga erishish uchun bor kuchim bilan ishlashda davom etaman", – dedi futbolchi intervyusida. Lamin Yamal 2024/25-yilgi La Liga mavsumida "koʻk-anorranglilar" safida 35 oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi.
"Barselona" chempionlikni qoʻlga kiritib, Madridning "Real" klubidan toʻrt ochko farq bilan oldinda boʻldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.