date

Yuventus himoyachisi safdan chiqdi


Turinning "Yuventus" klubi 31 yoshli himoyachisi Daniyele Rugani jarohat oldi va kamida bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Tajribali futbolchiga o‘ng oyog‘ining boldir mushaklari shikastlangani tashxisi qo‘yilgan. Rugani ushbu jarohatni mashg‘ulot vaqtida olgan.

Joriy mavsum Italiya chempionatida Rugani beshta o‘yinda maydonga tushdi, biroq gol yoki golli uzatma bilan ajralib turgani yo‘q. A Seriyaning 11-turidan so‘ng "Yuventus" 19 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Turinliklar yetakchi "Inter"dan besh ochko ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus himoyachisi safdan chiqdi