date

Flik: Pedri Chelsi bilan o‘yinga tayyormi?


Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Pedrining sog‘lig‘i haqida izoh berdi. Futbolchining mushak jarohati oktyabr oxirida aniqlangan edi.

Avvalroq Pedri Chempionlar Ligasi doirasida Chelsi bilan o‘yinga qadar tiklanishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Flikdan 22 yoshli futbolchi Angliyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladimi, deb so‘rashdi.

"Aniq bir narsa deya olmayman. Har bir bosqichni asta-sekinlik bilan o‘tamiz va unga ortiqcha bosim o‘tkazmaslik kerak, aks holda natijalar yomonlashishi mumkin.

Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda va u tez orada safga qaytadi. Chelsi bilan o‘yinda yoki keyingi uchrashuvda maydonga tushadimi, aniq emas, ammo hammasi reja asosida bormoqda", — dedi Flik matbuot anjumanida.

Shanba, 22-noyabr kuni Barselona Ispaniya chempionatida Atletik bilan to‘qnash keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik: Pedri Chelsi bilan o‘yinga tayyormi?