
Braziliyalik himoyachi Emerson Royal «Milan» safida bir mavsum o‘tkazdi. Ammo u klub rahbariyatini o‘z o‘yin sifati bilan ishontira olmadi va natijada vatani Braziliyaga qaytishga majbur bo‘ldi.
«Milan» meni o‘z safiga taklif qildi, men Zlatan Ibrahimovich bilan uchrashdim, u menga jamoa loyihasini taqdim etdi va bu menga yoqdi. Ammo Italiyaga kelib joylashganim zahoti o‘zimni g‘alati sezdim.
Har bir qilgan ishim haqida haddan tashqari ko‘p gapirilardi, xuddi men Krishtianu Ronaldu kabi mashhurman! Buning ustiga, bu gaplar asosan salbiy bo‘lib, tanqidiy ohangda edi.
Italiyada qabul qilinish uchun kuchimni ikki hissa oshirishim kerakligini tushundim. Ammo bu vaziyat bilan yashash og‘ir edi va ketish qarorini o‘zim qabul qildim», — dedi Emerson pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
Bugungi kunda Emerson Royal «Flamengo» klubida to‘p surmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.