
Nyukasl bosh murabbiyi Edii Xau APLning 12-turida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 22-noyabr kuni Moskva vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
Murabbiy o'z so'zlarida bir qator muhim masalalarga to'xtalib o'tdi. Xau vinger Entoni Gordon xalqaro tanaffus vaqtida astoydil mehnat qilganini va jismoniy holati to'liq tiklanishga yaqin ekanligini ma'lum qildi.
Futbolchining o'yinda ishtirok etish-qilmasligi esa so'nggi daqiqalarda hal qilinadi. Shuningdek, yarim himoyachi Sandro Tonalining Italiya termasini tark etganidan keyin jismoniy holati yaxshi ekanligi tasdiqlandi.
Tino Livramento ham tez orada safga qaytishi kutilmoqda. Xau "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland haqida ham fikr bildirdi: "Ularning xavfi turli yo'nalishlardan keladi, shuning uchun faqat bitta futbolchiga e'tibor qaratish noto'g'ri bo'ladi.
Ammo, shubhasiz, Xoland ajoyib to'purar." Murabbiy, shuningdek, xalqaro tanaffus davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida kelajakdan katta umid kutayotganini qo'shimcha qildi: "Men shunchaki doimo yuqori darajada o'ynashimizni ko'rishni xohlayman." APL turnir jadvaliga ko'ra, "Manchester Siti" 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, "Nyukasl" esa 12 ochko bilan 14-o'rinda joylashgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.