
Italiya chempionati doirasida A Seriyaning o'n ikkinchi turi o'yinlari davom etmoqda. Turinning "Yuventus" jamoasi yana g'alaba qozona olmadi.
Luchano Spalletti boshchiligidagi jamoa "Fiorentina" bilan durang qayd etdi va jamoalar bir-birlariga bitta gol urishdi. Luchano Spalletti o'yin natijasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda juda ehtiyotkor o'ynadik. Ko'p xatolikka yo'l qo'ydik, bunday bo'lmasligi kerak edi.
Darajamizni oshirishimiz, o'z o'yinimizni yaxshilashimiz va bunday o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak", - dedi Spalletti Juvenews.eu nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Turin klubi so'nggi marta Italiya chempionligini besh yil avval, 2020 yilda qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.