date

Pol Pogba ikki yillik tanaffusdan soʻng qaytdi


Pol Pogba, "Monako" klubi yarim himoyachisi, ikki yildan ortiq tanaffusdan soʻng ilk bor maydonga tushdi. 32 yoshli futbolchi "Renn"ga qarshi oʻyinda 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Oʻsha vaqtda monakoliklar 0:4 hisobida magʻlub boʻlayotgan edi. Yakunda mehmonlar hisobni qisqartirib, bitta gol urishga muvaffaq boʻlishdi.

"Futbol men uchun tugamadi. Ikki yildan ortiq vaqt davomida qaytishimni kutdim, ishladim va qiynaldim.

Hayotda shunday paytlar boʻladiki, shayton seni sindirishga urinadi, lekin Xudo bor. Men har doim oʻzimga va qobiliyatlarimga ishondim.

Hech narsada aybdor emasligimni bilardim. Umidimni yoʻqotmadim," – dedi Pogba RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Pogba "Yuventus" safida oʻynab yurganida anti-doping qoidalarini buzganligi uchun diskvalifikatsiya qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pol Pogba ikki yillik tanaffusdan soʻng qaytdi