
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovskiyning o‘yindagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. 37 yoshli polshalik futbolchi shanba kuni “Atletik” Bilbao bilan bo‘lgan bahsda birinchi golni kiritdi.
Bu o‘yin “Kamp Nou”ga qaytganidan keyin ilk uchrashuvi edi. Uchrashuv “Barselona”ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Levandovski so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Uni yana shu darajada yaxshi sport formasida ko‘rish juda yoqimli", – dedi Flik o‘yin so‘nggida bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Selta"ga qarshi avvalgi uchrashuvda (4:2) Robert Levandovski xet-trik qayd etgan edi. Yulduzli veteran hozirda La Liga to‘purarlari poygasida 8 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Undan oldinda esa Madridning “Real” klubi vakili Kilian Mbappe 13 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.