Kayo Jorge Italiyaga qaytishi mumkin

Braziliyalik hujumchi Kayo Jorge qishki transfer oynasida Italiyaga qaytishi mumkin. Ammo u avvalgi jamoasi "Yuventus"ga emas, balki "Milan"ga o'tishi kutilmoqda.
Bu haqda pianetamilan.it braziliyalik nashr O Tempo'ga tayanib xabar bermoqda. So'nggi bir yarim yil davomida Kayo Braziliyaning "Kruzeiro" klubida o'ynab, 64 o'yinda 29 ta gol urishga erishdi.
Unga "Milan"ning yangi murabbiyi Massimiliano Allegri qiziqish bildirmoqda. Allegri avval "Yuventus"da Kayo bilan ishlagan va futbolchining salohiyatini yaxshi biladi.
Eslatib o'tamiz, Massimiliano Allegri 2014 yildan 2024 yilgacha, 2019-2021 yillardagi tanaffusdan tashqari, "Yuventus"ni boshqargan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing