
Barselona rahbariyati yangi markaziy hujumchini tanlashda qarorga keldi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi Atletiko Madrid hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishdan voz kechdi.
Endi ular Bavariya futbolchisi Garri Keynni tarkibga qo‘shish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi. Qayd etish joizki, Keynning transferi Alvaresnikiga qaraganda ikki barobar arzon tushishi mumkin.
Bavariya bilan shartnomada hujumchining tovon puli 65 million yevro etib belgilangan. 32 yoshli Keyn joriy mavsumda barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Uning Germaniya klubi bilan shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.