Fulhem "Sanderlend"ni magʻlub etdi

"Fulhem" jamoasi o'z uy maydonida "Sanderlend"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Mehmonlar "Manchester Siti"ni yetib olish imkoniyatiga ega edi, ammo bugungi o'yinda asosan himoyada harakat qilishdi.
O'yin davomida xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Birinchi bo'limda Yoakim Andersenning jarima maydonchasidan bergan zarbasi esda qolarli bo'ldi, ammo uning urinishlari noaniq bo'lib, to'p darvozadan yuqoriga o'tib ketdi.
84-daqiqada Samu Chukvuze Raul Ximenesga uzatma berdi va u hal qiluvchi golni urdi. Ushbu g'oliblik evaziga "Fulhem" turnir jadvalida 14-o'ringa ko'tarildi, "Sanderlend" esa 7-o'ringa tushib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing