date

Emiliano Martinesga yana bir top klub qiziqmoqda


Aston Villa darvozaboni Emiliano Martines Angliya Premer-ligasini tark etib, Italiya A Seriyasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Transfer News Live manbasiga asoslanib, Flashscore xabariga koʻra, argentinalik darvozabon bilan Milanning Inter klubi qiziqmoqda.

"Neradzurrilar" mavsum soʻngida shartnomasi yakunlanadigan Yanna Zommerga oʻrinbosar izlashmoqda. 33 yoshli jahon chempioni Inter roʻyxatidagi nomzodlardan biri sifatida koʻrilmoqda.

Inter 2023 yilda ham Emiliano Martinesni oʻz safiga qoʻshishga harakat qilgan, biroq oʻshanda Aston Villa rad javobini bergan edi. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, darvozabonning hozirgi bozor qiymati 16 million yevroni tashkil qiladi.

Shuningdek, Martinesga boshqa klublar, jumladan, Tottenhem ham qiziqish bildirgan. Oʻtgan yozda esa futbolchini Manchester Yunayted bilan bogʻlashgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emiliano Martinesga yana bir top klub qiziqmoqda