Karrager "Arsenal" futbolchisidan uzr so'radi

Mashhur "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Arsenal" hujumchisi Eberechi Ezeni maqtadi. Uning xet-triki yakshanba kungi Premer-liga uchrashuvida "Tottenhem" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabada asosiy rol o'ynadi.
27 yoshli futbolchi "Tottenhem"ga qarshi 12-tur doirasidagi uchrashuvda 41, 46 va 76-daqiqalarda gol urib, jamoasini yirik g'alabaga olib chiqdi. "Eze "Arsenal"ga o'tganida, u o'yinlarning natijasini o'zi o'zgartira olmaydi, deb o'ylagandim.
Mening xatom edi. Bu transferning naqadar muhimligini anglamagan ekanman.
Eze haqiqatdan ham jamoaga katta ta'sir o'tkaza oladi va hatto chempionlikni olib kelishi mumkin", – dedi Sky Sports eksperti Karrager London derbisi haqida o'z fikrini bildirar ekan. "Arsenal" Eberechi Ezeni joriy yilning avgust oyida "Kristal Pelas"dan 70 million yevro evaziga sotib olgan edi.